
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov o`zining 2007 yilning 13-14 iyulda Buxoro viloyatidagi tashrifi jarayonida Buxoro shaxrida qurilayotgan bino va inshootlarni ko`rib, shaharning juda uzoq tarixga ega ekanligi, shunga mos ravishda uning o`ziga xos qiyofasi bo`lishligini ta`kidlab, madaniy me`ros ob`ektlarini chuqur o`rganish, bino va inshootlarni loyihalash va qurishda milliylik va hudud shart-sharoitini inobatga olish zarurligi haqida o`z fikr mulohazalarini bildirgan edi. 2008 yilning aprelida Buxoro viloyatidagi navbatdagi tashrifi chogida Respublika Prezidenti milliy arxitektura me`rosini tushunadigan, asraydigan, rivojlantiradigan va ularga monand zamonaviy bino va inshootlarni loyhalay oladigan kadrlarni Buxoro zaminining o`zida tayyorlashni tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar berdi. Respublika Prezidenti ko`rsatmalarini bajarish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi 2008 yil 2 maydagi 120-sonli "Buxoro oziq - ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti tarkibida "Arxitektura-qurilish" fakul'tetini tashkil etish to`grisida" gi buyrugi, keyinchalik 2008 yilning 12 avgustida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 242-sonli "Buxoro oziq - ovqat va engil sanoat texnologiyasi institutining "Arxitektura-qurilish fakul'teti faoliyatini rivojlantirish to`grisida " gi buyrugi chiqarildi. Mazkur buyruqlarga asosan "Buxoro oziq - ovqat va engil sanoat texnologiyasi" instituti tarkibida "Arxitektura-qurilish" fakul'teti tashkil etildi va "Arxitektura" ta`lim yo`nalishi ochildi. 2008-2009 o`quv yilidan boshlab "Arxitektura" ta`lim yo`nalishiga talabalikka qabul amalga oshirildi. Institut ilmiy kengashining 2009 yil 29 avgustdagi 1- sonli kengaytirilgan majlisi qaroriga asosan "Arxitektura-qurilish" fakul'teti tarkibida "Arxitektura" kafedrasi tashkil qilinsin va kafedraga "Arxitektura" ta`lim yo`nalishi biriktirilsi Bugungi kunda kafedrada 20 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda, shundan 1 nafar fan doktori, professor, 4 nafar fan nomzodi, docentlar va 5 nafar katta o’qituvchilar va 3 nafarini assistentlar tashkil qiladi. Kafedraga 2 ta ta’lim yo’nalishi va 34 ta fan biriktirilgan
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1.Mirzayev Shamsiddin Rajabovich. CENTRAL ASIAN JOURNAL. Innovative Technical Solutions in the Design of Modulle Residential Buildings. VOLUME: 3(2022)2-4. 2. Ro’ziyev Hoshim. International Journal on Integrated Education (IJIE).Evolution of Mass Public Buildings and Complexes Problems of Modern Spatial Organization in Bukhara. Volume 5 | No 2 (Feb 2022) 63-73. 3. Ro’ziyev Hoshim. An International Multidisciplinary Research Journal. GENESIS AND EVOLUTION OF THE CITY OF BUKHARA. Vol. 11, Issue 12, (910-913). 4. Xayitov Sunnatjon Istamovich. International Journal on Integrated Education (IJIE). Evolution of Mass Public Buildings and Complexes Problems of Modern Spatial Organization in Bukhara. Volume 5 | No 2 (Feb 2022) 63-73. 5. Tog’boyev Xushnud Iskandarovich. An International Multidisciplinary Research Journal. GENESIS AND EVOLUTION OF THE CITY OF BUKHARA. Volume 2 Issue 5, May 2022 502-506. 6. Rabiyev G‘ayrat Botirovich. Web of Scientist: International Scientific Research Journal. THE PLACE OF THE ARCHAEOLOGICAL MONUMENT OF THE SETTLEMENT OF VARAKHSHА IN THE STUDY OF THE MATERIAL CULTURE ZARAFSHA. VOLUME 3 , ISSUE 3 , MARCH. 7. Toshev Jo‘rabek Toyir o‘g‘li. International Engineering Journal For Research & Development. Vol. 6, Issue 6, December 2021 (609-613) 8. Usmonov Erkin Toxirovich. International Engineering Journal For Research & Development. MEDIEVAL BATH OF ANCIENT BUKHARA. Vol. 6, Issue 6, December 2021 (550-556).