
Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash vazifalarining tobora kengayib borayotgan ko’lamlarini, shuningdek ayrim mintaqalardagi jumladan, Buxoro vohasida qishloq xo’jaligi yerlarining tuproq-iqlim sharoiti, minerallashishi va sho’rlanganlik holatining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib hamda mamlakat iqtisodining ushbu eng muhim sohasiga yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 20 avgustdagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Buxoro filialini tashkil etish to’g’risida”gi 182-sonli qaroriga binoan «Gidromelioratsiya» fakulteti tashkiliy tuzilmasi tarkibida “Yer tuzish va yer kadastri” kafedrasi tashkil etilgan.
Kafedra 2010 yil “Yer tuzish va yer kadastri” nomi bilan tuzilgan. Bugungi kunda esa “Yer resurslaridan foydalanish va davlat kadastrlari” nomi bilan faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Kafedraning rivojiga taniqli olim – professorlar: S.Bo‘riev va U.Tojievlar ancha yillar davomida o‘z hissa qo‘shib kelganlar. Kafedraga dotsent F.Hamidov, dotsent I.Islomov, 2022-yildan buyon dotsent S.Asatov rahbarlik qilib kelmoqda. “Yer resurslaridan foydalanish va davlat kadastrlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari mutaxassislik sohalaridan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlaridagi muammolar bilan shug‘ullanadilar.
Kafedrada so‘nggi yillarda ilmiy ishlar natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Ilmiy tadqiqot natijalaridan ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni bajarishda va ayniqsa kurs loyihalarini tuzishda, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashda keng foydalanilmoqda. Kafedra o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 824-son qarori “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinayotgan Oliy ta’limga oid barcha qonun, qarorlarga amal qilgan holda faoliyat olib bormoqda.
Hozirgi vaqtda kafedra Buxoro viloyati iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, ishlab chiqarish, muhandislik, neft va gaz, transport va logistika sohalari uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, oliy ta’lim tashkilotlarining mavjud resurslaridan samarali foydalanish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 24 yanvardagi “Buxoro davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-22-sonli qarori Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti negizida tashkil etilgan Buxoro davlat texnika universiteti tarkibida o`z faoliyatini olib bormoqda.
Kafedra professor-o’qituvchilari “Ziyonet” va xalqaro “Internet” tarmog’lariga fanlardan elektron darsliklar, o’quv qo’llanmalari, ma’ruzalar matnlari, uslubiy ko’rsatmalar, nazorat savollari va test to’plamlari kiritib, talabalarning foydalanishi yo’lga qo’yilgan. “YouTube” tarmog’ida barcha fanlardan video darslar doimiy ravishda joylashtirib borilmoqda.
Kafedrada “Yer kadastri va yer tuzish”, “Geodeziya va geoinformatika”, “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi”, “Meliorativ gidrogeologiya”, “Gidrologiya” “Suv xo’jaligi va meliorastiya ishlarini mexaniziyalash”, “Gidrotexnik inshootlar va nasos stanstiyalaridan foydalanish” va boshqa ta’lim yo’nalishlari talabalariga tegishli fanlardan ma`ruza va amaliy dars mashg’ulotlarini olib boradilar. Bugungi kunda kafedrada o’qitiladigan fanlarning xususiyatidan kelib chiqqan holda, dars mashg’ulotlari “Taqdimot”, “Aqliy hujum”, “Diskussiya”, “6x6x6”, “Qora quti” va boshqa pedagogik texnologiya turlaridan foydalangan holda olib borilmoqda.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Mazkur kafedra Turkiyaning Ushak universiteti bilan yaqin hamkorlik loyihalarini amalga oshirib kelmoqda. 2024 yil 25-noyabrdan 6-dekabrgacha bo’lgan muddatda Xudoyberdiyev F.Sh, Sattorov Sh.Y, Adizov Sh.B hamda magistrantlari Bobojonov S.O’ lar tomonidan qissa muddatli stajirovka amalga oshirildi.
Stajirovka davomida universitetlar o’rtasida tajriba almashiniv doirasida professor-o’qituvchilar tomonidan ma’ruzalar tashkil etildi, laboratoriya jihozlari bilan tanishildi. Axborot resurs markazidan kerakli vailmiy adabiyotlarning electron nusxalari olib kelindi.
Kefedrada tegishli bo’lgan fanlardan onlayb ma’ruzalarni tashkil qilish bo’yicha Ziraat fakulteti bilan kelishuv imzolandi.