
2020-yilda “Mexanika va arxitektura qurilishi” fakulteti tarkibida yangi tarkibiy bo‘linma – “Mexanika asoslari va yer usti transport tizimlari” kafedrasi tashkil etildi. Mazkur kafedraning tashkil etilishi zamonaviy transport tizimlari, qishloq xo‘jaligi texnikasi hamda mexanik muhandislik sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash zaruratidan kelib chiqdi. Kafedra faoliyati muhandislik ta’limini rivojlantirish, transport vositalari texnologiyalarini o‘rganish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy hamda pedagogik faoliyatni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.
1970-2019 yillarda kafedraga M.M. Murodov., D.SH.Bazarbaeva., N.S.Bibutov., N.M.Muradov., SH.M.Muradov, X.R.Ro`zievlar mudirlik lavozimida ishlaganlar. 2019 yil avgust oyida kafedra "Mexanika asoslari va ETT" kafedrasi nomi bilan qayta nomlangan va kafedra mudiri lavozimida X.R. Gaffarov faoliyat olib borgan.2021 yil institut ichki strukturasi o`zgarishi munosabati bilan "Mexanika asoslari va ETT" kafedrasi "Mexanika asoslari" va "Transport vositalari muxandisligi" kafedralariga ajratilgan. "Transport vositalari muxandisligi" kafedrasi mudiri lavozimida dots. X.R. Gaffarov faoliyat olib bormoqda.
2021-yildan boshlab kafedra nomi sohaga mos ravishda “Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi deb o‘zgartirildi. Nom o‘zgarishi kafedraning ilmiy-pedagogik faoliyatini kengaytirish, transport muhandisligi sohasidagi zamonaviy yo‘nalishlarni qamrab olish hamda ta’lim jarayonini xalqaro talablarga moslashtirish maqsadida amalga oshirildi.
Kafedra tashkil etilgan dastlabki davrda unda ikkita ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan, ya’ni:
• 60810100 – Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish,
• 5310600 – Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti).
Mazkur davrda kafedrada jami 8 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib borgan. Ularning tarkibiga 1 nafar dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchi, 3 nafar assistent hamda 2 nafar o‘qituvchi-stajyor kirgan. Kafedrada dastlab faqat bakalavriat bosqichi bo‘yicha ta’lim yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, magistratura bosqichi mavjud emas edi.
Keyingi yillarda kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi sezilarli darajada rivojlandi. Natijada ta’lim yo‘nalishlari soni kengaytirilib, bugungi kunda kafedrada bakalavriat bosqichi bo‘yicha 9 ta ta’lim yo‘nalishi va magistratura bosqichi bo‘yicha 3 ta mutaxassislik bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanmoqda. Hozirgi kunda kafedrada jami 36 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlar faoliyat yuritmoqda. Ularning tarkibiga 1 nafar professor, 12 nafar dotsent, 3 nafar katta o‘qituvchi, 7 nafar assistent, 12 nafar o‘qituvchi-stajyor hamda 2 nafar laborant kiradi. Kafedraning ilmiy-pedagogik jamoasi ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ishlab chiqarish bilan integratsiyani kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ta’lim jarayonini takomillashtirish maqsadida 20 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan. Shuningdek, ular respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda ko‘plab ilmiy maqolalar chop etib kelmoqda hamda transport vositalari muhandisligi, qishloq xo‘jaligi texnikasi, transport tizimlari ekspluatatsiyasi kabi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Ushbu ilmiy izlanishlar soha rivojiga hissa qo‘shish, transport tizimlarining samaradorligini oshirish hamda zamonaviy muhandislik yechimlarini ishlab chiqishga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda “Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi o‘zining ilmiy salohiyati, malakali professor-o‘qituvchilari hamda zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari bilan fakultetning yetakchi kafedralaridan biri sifatida faoliyat yuritmoqda.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1. O'rinov U.A., Amonov M.I., Yo'ldoshev M.N. “Mashinasozlik texnologiyasi asoslari” – Buxoro. “Sharq” nashriyoti. 2025y.
2. Kamolov M.Q., Gaffarov H.R. Аvtotransport tarmogʼi korxonalarni loyihalash va jihozlash Darslik. Buxoro: Umid 2023, 444 b.
3. Kamolov M.Q., Gaffarov H.R. “Аvtomobillarni texnik diagnostikalash” Darslik. Buxoro: Umid. 2023, 216 b.
4. Kamolov M.Q., Gaffarov H.R. “Transport vositalarining elektr jihozlari va elektron tizimlari”. Darslik. Buxoro: Umid. 2023, 496 b.
5. Kamolov M.Q., Gaffarov X. L., Samandarov А.X., Dushanov N.Q. “Аvtomobil dvigatellariga servis xizmati koʼrsatish va taʼmirlash”. Darslik. Buxoro: Kamolot. 2024, 424 b.
6. Kamolov M.Q., Gaffarov L.X.,Samandarov А.X.,Samandarov V.А. “Ichki yonuv dvigatellari”. Darslik. Buxoro: Kamolot. 2024, 202 b.
7. Kamolov M.Q., Gaffarov L.X. “Transport vositalari detallarini taʼmirlash” fanidan tajriba mashgʼulotlar.Oʼquv qoʼllanma. Buxoro: Umid 2023, 220b.
8. Kamolov M.Q., Gaffarov L.X., Samandarov А.X.,Djumaev Z.F. “Аvtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi va servis”. Oʼquv qoʼllanma. Buxoro: Umid 2023, 220b.
9. Kamolov M.Q., Gaffarov H.R., Jumaev U.R. Berdiev Z.R. Ilxomova M.I. “Transport vositalari konstruktsiyasi”. Darslik. Buxoro: Durdona. 2024, 275 b.
10. Kamolov M.Q., Kamolov Z.M. “Ichki yonuv dvigatellari”, “Аvtomobillr konstruktsiyasi”, “Аvtomobillar texnik ekspluatatsiyasi va servis”, “Transport vositalari detallarini taʼmirlash”, “Transport vositalarini elektr jixozlari va elektron tizimlari” fanlari boʼyicha elektron testlar toʼplami Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi. №DGU 12839. 11.08.2021 y.
11. Kamolov M.Q., Gaffarov L.X. Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy roʼyxatdan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi guvohnoma. Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi № DGU 21555. 12.01.2023y.
12. Kamolov M.Q. “Yonilg‘i ta'minlash tizimini servis xizmat ko‘rsatish va tamirlash” fanidan texnikumlar uchun. Oʼquv qoʼllanma. Buxoro: Kamolot. 2025, 142 b.
13. Kamolov M.Q. “Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari”. Oʼquv qoʼllanma. Buxoro: Kamolot 2025, 99 b.
14. Norov S.N. Avtomobillarning elektr va elektron jihozlari. Darslik. №391462 2023 yil.
15. Yuliyev Ozod Olimovich Issiqlik texnikasi va ichki yonuv dvigatellari. ISBN 978-9943-6979-9-7. 2025y.
16. Bafoyev Dusmurod Xolmurodovich Texnologik jihozlarni ta'mirlash va foydalanish. "Durdona" nashriyoti, ISBN 978-9910-634-72-2. 2025y.
17. Bafoyev Dusmurod Xolmurodovich, Xalilov Jahongir Mansur o'g'li
Texnologik jihozlarni ta'mirlash va foydalanish "GlobeEdit” nashriyoti 2026y. ISBN 978-620-9-18250-1" 2026.
18. Fazliyev Jamoliddin Sharofiddinovich Bog‘larni tomchilatib sug‘orishning ilmiy asoslangan texnologiyasini ishlab chiqish. “Buxoro viloyat bosmaxonasi” MChJ nashriyoti - 2026 yil. ISBN 978-9910-8421-2-2. 2026.
19. Hakimova Zarina Ziyodillayevna, Fazliyev Jamoliddin Sharofiddinovich, Xalilov Jahongir Mansur o'g'li Maishiy-oqova suvlaridan samarali foydalanish texnologiyasi "Glebe nashriyoti 2026 ISBN 978-620-9-43359-7" 2026.
20. Fazliyev Jamoliddin Sharofiddinovich, Hakimova Zarina Ziyodillayevna, Xalilov Jahongir Mansur o'g'li Gidrometriya "Glebe nashriyoti 2025 ISBN 978-620-9-30286-2" 2025
21. O'rinov Nasillo Fayzilloyevich Gidravlika "В.В.С." nashriyoti, ISBN 978-9910-8961-7-0 2025.
22. O'rinov Nasillo Fayzilloyevich Детали машин Ipak yo'li nashriyoti, ISBN 978-9910-9238-9-0 2024.
23. Adizova Sevara Yusupovna, Abdullayeva Dilnavoz Xusniddinovna Quymakorlik texnologiyalari “Durdona” nashriyoti, ISBN 978-9910-879-2 2026.
24. N.R.Barakayev, N.F.O’rinov TOKARLIK ISHI. (60720800 - Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun) O’quv qo’llanma. Buxoro, “Umid” nashriyoti, 2022. 295 b.
25. N.F.O’rinov, М.Х.Saidova Mashinasozlik texnologiyasi fanidan kurs loyihasi. (60720800 - Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun) O’quv qo’llanma. Buxoro, “Umid” nashriyoti, 2022. 195 b.
26. Bafoyev Dusmurod Xolmurodovich “Gidravlika va gidropnevmo yuritmalar” № DGU 45598, Talabnoma raqami: DT 202413595.14.12.2024.
27. O'rinov Nasillo Fayzilloyevich Mashina detallari № DGU 45023, Talabnoma raqami: DT 202412687.04.12.2024.
28. Saidova Muxabbat Xamroyevna Kesish nazariyasi va kesuvchi asboblar № DGU 45022, Talabnoma raqami: DT 202412686. 04.12.2024.
29. Abdullayeva Dilnavoz Xusniddinovna Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari № DGU 44164, Talabnoma raqami: DT 202412186.19.11.2024.
30. Saidov Muxtor Nutfullayevich “Trasport vositalarida ishlatiladigan ekspluatatsion materiallar” fanidan DGU 202402611.10.03.2024.
31. Saidov Muxtor Nutfullayevich “Transport vositalarining elektr va elektron jihozlari” fanidan elektron darslik. DGU 202405365. 02.05.2024.
1. “Avto Service Inter Millennium” MCHJ
2. “Vobkent Yulduzi Texservis” MCHJ
3. “Buxoro Avtotexxizmat” MCHJ
4. “Vatanparvar” tashkilotining Buxoro viloyat kengashi.
5. “Neftgazavtotransxizmat” UK.
6. “Maxsus avtotrans xizmat” MCHJ.
7. “Buxsozta’mirservis” ishlab chiqarish kooperativi.
8. “Nasos ta’mirlash” MCHJ.
9. “Trubodetal” UK.
10. “Alixan trans servis” MCHJ.
11. “Usmon sher shamshod” MCHJ.
12. “Losha qurilish sanoat komplekkt” MCHJ.
13. "Emirate steel" MChJv
14. “XXI metall works Buxara” MChJ
15. “Ko‘hna Buxoro ta’mir” MChJ
16. "Losha qurilish sanoat komplekt" xususiy korxonasi.
| Ko‘rsatkich | 2026 | 2028 | 2030 |
|---|---|---|---|
| Yangilangan fanlar soni | 5 | 10 | 15 |
| Zamonaviy laboratoriyalar | 2 | 4 | 8 |
| Ilmiy maqolalar | 10 | 25 | 40 |
| Xalqaro hamkor universitetlar | 1 | 2 | 3 |
| Startap loyihalar | 1 | 2 | 3 |