Universitetda chiqariladigan barcha farmoyish, qaror va buyruq loyihalarini nazoratdan o‘tkazish hamda chiqarilgan har bir farmoyish, qaror va buyruqning amaldagi qonun-qoidalar asosida to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish;
Rektorga imzo qo‘yish uchun taqdim etilgan buyruqlar, instruktsiyalar va boshqa hujjatlarning qonun hujjatlariga mosligini aniqlash;
Universitetdagi barcha hujjatlarning milliy va xalqaro qonunchilikka mosligini aniqlash, qonunga zidligi aniqlangan holatlarda ularni bekor qilish yoki o‘zgartirish yuzasidan choralar ko‘rish;
Jamoa shartnomalarini tayyorlash va rasmiylashtirishda qatnashish;
Universitet bilan boshqa tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalarning to‘g‘ri tuzilishini va qonuniy tarzda amalga oshirilishini taʼminlash;
Universitet professor-o‘qituvchilari va boshqa xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishda, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini ularga yetkazishda qatnashish, universitet rahbariyati, fakultetlar, kafedralar va bo‘limlarning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni taʼminlashga ko‘maklashish;
Fuqarolar va universitet xodimlarini huquqiy masalalar bo‘yicha qabul qilish, ularga huquqiy maslahatlar berish;
Universitetning normativ-huquqiy hujjatlar fondini to‘ldirish, shu jumladan fondni kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan boyitish choralarini ko‘rish, universitet rektoriga huquqiy nashrlarga obuna bo‘lish bo‘yicha takliflar kiritish;
Universitetga kelib tushgan va universitet tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritish, ularning saqlanishi va nazorat qilinishini taʼminlash;
Universitet va uning tarkibiga kiruvchi fakultet, kafedra va bo‘limlarda aniqlangan qonun buzilishlari, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish, zarur hollarda ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashish;
Talab etilganda universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlarining huquqlarini huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarda himoya etish;
Universitetning debitor qarzlarini bartaraf etish bo‘yicha boshqa bo‘limlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritish;
Universitetning o‘quv, ilmiy va xo‘jalik-moliyaviy faoliyati natijalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya takliflarini muhokama qilishda ishtirok etish;
Universitetdagi huquqbuzarliklar yuzasidan vakolatli davlat organlariga taqdim etilishi lozim bo‘lgan tegishli hujjatlarni tayyorlash, shuningdek universitetga yetkazilgan zararni undirish choralarini ko‘rish;
Universitet xodimlari orasida yangi qabul qilingan qonunlar, qarorlar, farmonlar, farmoyishlar va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning targ‘ibotini olib borish;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta bilish;
Universitet ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.