Ekofaol talabalar

Bosh sahifa Ekofaol talabalar

Ekofaol talabalar


Buxoro davlat texnika universitetida ekofaol talabalar tomonidan “Tabiatni asra — kelajakni yarat!” shiori ostida “Yashil Universitetim” plogin aksiyasi tashkil etildi.
Tadbirda dastlab rektor Sadoqat Siddiqova universitetni yashil kampusga aylantirish zarurligi va ekologik madaniyatni oshirishning ahamiyatini tushuntirdi. Shundan so‘ng, talabalar oliygoh kampusida chiqindilarni yig‘ish va tozalash ishlarini amalga oshirdilar.
Tadbirda barcha talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarining ekologik mas’uliyatlarini namoyish etdilar. Ushbu tadbir nafaqat oliygoh hududining tozaligini ta'minlash, balki yoshlarni ekologik masalalarga jiddiy yondashishga undash maqsadida o‘tkaziladi. Ekofaol talabalar har doim bunday tashabbuslarda faol ishtirok etib, o‘zgarishlarga hissa qo‘shishmoqda.

Buxoro davlat texnika universitetida O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida “Deputat tashabbuskorligi va faolligi — “Yashil” taraqqiyot va ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim omil” shiori ostida deputatlar forumi tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Abdushukur Hamzayev, fraksiya rahbari o‘rinbosari Oybek Rahimov, xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Jamol Ashurov, Buxoro davlat texnika universiteti rektori, Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Sadoqat Siddiqova, siyosatshunos-ekspertlar hamda Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlaridan mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirok etdilar.
Forum doirasida universitet hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali ko‘chatlar ekildi. Tadbir ekologik madaniyatni oshirish va barqaror yashil muhitni yaratishga qaratildi.



Mazkur tadbir davomida talaba-yoshlar atrof-muhit tozaligini saqlash, ekologik madaniyatni oshirish hamda tabiatga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish maqsadida faol ishtirok etdi. Ekoploging orqali yoshlarda tabiatni asrash, tozalik va mas’uliyat hissini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.



✅ Mazkur tashabbus doirasida talaba-yoshlar birlashib, Pridastgir mahallasi hududida atrof-muhitni tozalash ishlarini amalga oshirdilar. Tadbir davomida ko‘chalarda va jamoat joylarida yig‘ilib qolgan chiqindilar tozalanib, hududning yanada ozoda va tartibli bo‘lishiga hissa qo‘shildi. Ekoploging nafaqat tabiatni asrashga xizmat qildi, balki yoshlar orasida ekologik madaniyatni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviylikni mustahkamlashga ham yordam berdi.


Muhandislik fakulteti tyutori Nodira Hakimova hamda 1-bosqich talabalari hamkorligida ekologik madaniyatni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va atrof-muhitni toza saqlash maqsadida “Eko-ploging” tadbiri tashkil etildi.
🌍 Tadbir davomida talabalar hududlarni chiqindilardan tozalab, tabiatga bo‘lgan mehr va mas’uliyatli munosabatning yorqin namunasini ko‘rsatdilar.
Mazkur tadbir orqali yoshlar:
✅ Jismoniy faollikni oshirdilar
✅ Ekologik ongni mustahkamladilar
✅ Tabiatni asrash har bir insonning burchi ekanini yana bir bor angladilar