Qabul vaqti: Dushanba - Juma ( 09:00 dan 17:00 gacha)
Telefon: +998907111665
Email: gsanoyev@gmail.com
Mustaqil Respublikamizning istiqboli, avvalo, yuksak malakali va ma’naviyatli kadrlar tayyorlashga bog‘liq. Xususan, Prezidentimizning ma’naviy-ma’rifiy hamda milliy g‘oyamizga oid barcha ta’limotlarini yoshlarga yetkazish institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining asosiy vazifasidir.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari hamda institutning ichki tartib-qoidalari va ushbu bo‘lim Nizomiga binoan faoliyat yuritadi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining asosiy maqsadi — talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoiy, vatanparvar shaxsi sifatida kamol toptirishdan iborat.
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari:
talabalami milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida mustaqil O‘zbekiston Respublikasining haqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;
Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik burchlarini sidqidildan bajarishga tayyorlash;
talabalarda kasb-hunarni puxta egallash mas’uliyatini oshirish;
talabaning shaxs sifatidagi o‘ziga xos individual fazilatlarini shakllantirish va takomillashtirish;
talabalarning ijtimoiy faolligi, tashabbuskorligi, o‘qishga va kasbga bo‘lgan hurmatini hamda ijtimoiy mas’uliyat hissini keng targ‘ib qilish;
talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini kengaytirish;
talaba yoshlarga adolatsizlik, ta’magirlik, mahalliychilik kabi salbiy illatlarning oqibatlarini anglatish;
talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari asosida ilmiy-ijodiy faoliyat olib borishlariga ko‘maklashish;
manzillashgan ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirib borish.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining asosiy vazifalari:
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni talaba-yoshlar orasida keng targ‘ib etish;
talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy va badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
milliy urf-odatlar va qadriyatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan anjumanlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etish;
talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirishga ko‘maklashish;
universitetda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zarur me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning ijrosini ta’minlash;
diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba-yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish;
yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;
yoshlar ma’naviyatini oshirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;
talaba qizlarning kasb-hunar egallashlariga ko‘maklashish ishlarini tizimli tashkil etish;
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar va tuman bo‘limlari, shuningdek, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan jamg‘armalar va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda faol ishtirok etish.
Universitetdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bevosita Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.