Xorijiy talabalar

Bosh sahifa Xorijiy talabalar

Xorijiy talabalar


Xorijiy talabalar toʻgʻrisida maʼlumotlar

 

 2025 yil qabul jarayonida BDTU ga jami 21 nafar xorijiy talabalar qabul qilingan bo‘lib, shulardan 20 nafari Bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga, hamda1 nafari magistratura  ta’lim shaklida o‘qishni boshladi. Yuqori kurslar bilan hisoblaganda umumiy hisobda 36 nafar xorijlik talaba tahsil olmoqda, ularning katta qismi Saudiya Arabistoni davlatidan hisoblanadi. Shuningdek 1 nafar Rossiya Federatsiyasi fuqarosi ham bugungi kunda ta’lim olmoqda!

Barcha xorijiy talabalar BDTUning Talabalar turar joyiga joylashtirilgan bo‘lib, ularga barcha sharoitlar yaratib berilgan. Talabalar turar joyida oshxona, kompyuter xonalar, sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlar etarli.

Keyingi yillarda xorijlik talabalarning sonini yanada oshirish maqsadida BDTU tomonidan xorijlik talaba va professor-o‘qituvchilarni jalb qilish maqsadida marketing strategiyasi ishlab chiqilgan.

Xorijlik talabalar kotrakt to‘lov miqdori mahalliy talabalar to‘lov kontraktlaridan farq qilib, yo‘nalishlar kesimida ham farqga ega. To‘lov milliy valyuta(so‘m) da amalga oshiriladi. Mustasno ravishda xorijlik talabalarga qulaylik maqsadida universitet Valyuta hisob raqami mavjud bo‘lib, unda talabalar o‘z kontraktlarini xorijiy valyutada (USD-AQSH dollari) da o‘tkazishlari mumkin.

Xorijlik talabalarning xavfsizligi ta’minlangan bo‘lib, ular tashrif buyurishi bilan BDTU talabalar turar joyiga joylashtiriladi hamda belgilangan tartibda ro‘yxatga qo‘yiladi.