
“Qurilish muhandisligi” kafedrasi eng birinchilar qatorida, Toshkent Politexnika institutining Buxoro umumtexnika fakultetida tayanch kafedra sifatida 1962 yildan faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Kafedraning ko`p yillik faoliyatida 40 dan ortiq ilmiy salohiyatli professor va dotsentlar yetishib chiqqan va kadrlar tayyorlashda o`z hissasini qo`shib kelmoqda.
Bugungi kunda kafedrada 32 nafar professor-o`qituvchilar faoliyat ko`rsatmoqda, shundan 2 nafar fan doktori, professor, 15 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 15 nafarini katta oqituvchilar assistentlar tashkil qiladi. Bugungi kunda ilmiy salohiyat 53 % ni tashkil qiladi.
Bugungi kunda kafedrada 65 ta fan oʼqitilmoqda
Bugungi kunda 654 nafar kunduzgi va 758 nafar sirtqi taʼlim shaklida talabalar tahsil olmoqda.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Kafedrada quyidagi 2 yo‘nalishda 10 nafar tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar:
* Bugungi kunda kafedrada 15 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda, shundan 1 nafar fan doktori, professor, 5 nafar fan nomzodi, docentlar va 6 nafar katta o’qituvchilar va 3 nafarini assistentlar tashkil qiladi. Kafedraga 2 ta ta’lim yo’nalishi va 30 ta fan biriktirilgan. (Kafedraning ilmiy salohiyati 40%ni tashkil etadi). * Kafedrada quyidagi mutaxassislik yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlanmoqda: * 5340200 - Bino va inshootlar qurilishi (sanoat va fuqaro binolari) * 5341800 - Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi * Bugungi kunda ushbu mutaxassisliklar bo’yicha 375 nafar kunduzgi va 276 nafar sirtqi talabalar tahsil olmoqda. KAFEDRADA OLIB BORILAYoTGAN ILMIY IZLANISHLAR * 2021-2022 yilda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 7 ta darslik, 4 ta o’quv qo’llanma, 4 ta monografiya, 2 ta ixtiro uchun patent va 14 ta elektron darslik yaratildi. * Kafedra o’qituvchilari tomonidan Web of science, “Scopus” ba’zasida 9 ta, 13 ta Xalqaro ilmiy jurnallarda, 6 ta OAK e’tirof etgan jurnallarda ilmiy maqolalar hamda 8 ta Xalqaro konferenciyalarda, 24 ta Respublika va OTM konferenciyalarda ilmiy maqola va tezislar chop ettirilgan. * Bugungi kunda kafedra professor-o’qituvchilari va talabalari quyidagi mavzular bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar: * Arxitektura yodgorliklar restavraciyasi uchun mahalliy materiallar asosida quruq qorishmalar ishlab chiqish; * Bo’sh gruntlar sharoitida zaminni cementlash usulida hajmiy kuchaytirish ko’rsatkichlarini ishlab chiqish; * O’zbekiston Respublikasi sharoitida yashil tomlarni qurish imkoniyatlarini o’rganish va uning kompleks ko’rsatkichlarini ishlab chiqish; * Tashqi devor panellarining issiqlik o’tkazuvchanlik xossalarini takomillashtirish; * Issiq – iqlim sharoitida betonlash texnologiyasini takomillashtirish; * Beton xossalarini yaxshilash uchun plastifikatorlardan foydalanib, samarali echimlarni ishlab chiqish. Kafedra mudiri I.I.Tojiev tomonidan "Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlashda modifikaciyalangan gipsli qorishmalar (Buxoro misolida)" mavzusida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarda arxitekturaviy yodgorliklar ro’yxatiga kiritilgan, Buxoroda barpo etilgan takrorlanmas binolarni qurishda foydalanilgan konstrukciyalar va ularni tiklashda g’ishtli terimlarda ishlatilgan qurilish materiallar o’rganildi. Izlanishlar davomida tarixiy obidalardan olingan namunalar asosida qorishmalarning kimyoviy tuzilishi, mexanikaviy xususyatlari to’la o’rganilib, shularga asoslangan holda yangi modifikaciyalangan gipsli qurilish qorishmalari yaratildi va sinovdan o’tkazilib, PhD dissertaciyasi muvafaqiyatli himoya qilindi. Bugungi kunda ishning natijalaridan yodgorliklarni ta’mirlash jarayonida foydalanilmoqda. Bugungi kunda kafedrada faoliyat ko’rsatayotgan ilmiy darajaga ega bo’lmagan 5 nafar o’qituvchilar mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy izlanish olib borishmoqda. Rahbarlari aniqlanib, Ilmiy ish mavzulari tasdiqlangan va OAK e’loniga chiqarilgan. SHulardan 2 nafarining himoyasi 2022 yil oxiriga qadar qilinishi rejalashtirilgan. Kafedra assistenti Safarov Uchqun Isroilovich “Muhit bilan aloqada bo’lgan cilindrik qobiqdagi dinamik jarayonlar” mavzusida dissertaciya ishini himoyaga tayyorlagan. Himoya 2022 yilning oxiriga rejalashtirilgan.
Bugungi kunda "Bino va inshootlar qurilishi" kafedrasi Respublikamiz va xorijdagi 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari va etakchi korxonalar bilan hamkorlikda faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan kafedra va Moskva davlat qurilish muhandislik universiteti (NIU MGSU) o’rtasida birgalikda ishlash uchun 369-193 / 07-sonli shartnoma tuzilgan. Ushbu tuzilgan shartnomaga asosan Rossiyaning etakchi qurilish universiteti va kafedra o’rtasida professor o’qituvchilar malakasini oshirish, talabalar amaliyotni tashkillashtirish hamda talabalar almashish bo’yicha rejali ishlar olib borilmoqda.
Zamon talablariga, yuqori texnologiyalarga ega ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik qilish orqali ta’lim sifatini oshirish maqsadida IP OOO «KNAUF GIPS BUXARA» Germaniyaning ishlab chiqarish korxonasi bilan shartnoma imzolangan. Kafedramiz o’qituvchilari va talabalarimiz korxona tomonidan tashkil etiladigan anjuman va tadbirlarga faol ishtirok etib nufuzli o’rinlarga sazovor bo’lmoqdalar.
Kafedraning bitiruvchi 4-kurs talabalarini ish bilan ta’minlash va kelajakdagi mustahkam hamkorlik aloqalarini o’rnatish maqsadida Xitoy kompaniyasining Romitan tumani “China Railway 20 Bureau Group Corporation” DM filiali bilan shartnoma imzolandi.
Qo’shma dastur doirasida bitiruvchi talabalarni bandligini ta’minlash uchun Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Arxitektura va qurilish” fakulьtetining “Bino va inshootlar qurilishi” yo’nalishi talabalari bilan ularni sohalari bo’yicha bandligini ta’minlash maqsadida Xitoy kampaniyalarining O’zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Kelajakda ham kafedra va Xitoyning bir nechta kompaniyalari o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yishga hamda kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik qilishga kelishib olindi. Xitoyning China Railway 20 Bureau Group Corporation kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi tuzilib, Arxitektura-qurilish fakulьteti «Bino va inshootlar qurilishi» kafedrasi bitiruvchi kursning 20 nafar talabalari joriy yilning 12 mart oyidan boshlab A-380 G’uzor-Buxoro-Nukus-Beynau avtomagistralьni qayta qurish loyihasiga jalb qilindi.
Jahonning yetakchi ilmiy-taʼlim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari oʼrnatish;
oʼquv jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʼor pedagogik texnologiyalar, oʼquv dasturlari va oʼquv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish;
oʼquv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar oʼtkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor taʼlim muassasalaridan yuqori malakali oʼqituvchilar va olimlarni faol jalb qilish;
yetakchi xorijiy OTMlar bazasida tizimli ravishda yosh oʼqituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka oʼtashlarini, professor-oʼqituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilishni yoʼlga qoʼyish;
professor-oʼqituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shugʼullanishga keng jalb etish;
yangi avlod oʼquv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy taʼlim muassasalarining taʼlim jarayoniga keng tatbiq etish;
ehtiyojdan kelib chiqib, zamonaviy oʼquv, oʼquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish;
oʼquv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, oʼqituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish;
Kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish, olib boriladigan ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish;
taʼlimning maʼnaviy-ahloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik gʼoyalariga, yuksak maʼnaviyat va insoniylikning milliy anʼanalariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot gʼoya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash boʼyicha keng koʼlamli maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish;
kafedraning moddiy-texnika bazasini, ilm-fanining ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha oʼquv-ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash orqali yanada mustahkamlash.