14–15-avgust kunlari o‘qishni (ichki) ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin

Prezidentning PQ-279-sonli qarori  7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning transfer.edu.uz platformasi orqali yuborgan arizalarini ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim arizalar kamchiligi bo‘lganligi sababli rad etilgan.

Shuni inobatga olib, transfer.edu.uz tizimidan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 14–15-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklari bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.