Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasining Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan “15 mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan “Iste’molchi huquqi” va “Moliyaviy savodxonlik” mavzularida oʻquv seminar tashkil etildi.

Seminarda Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassisi Muxsin Umarov soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan oʻzgarishlar va 65-moddasi boʻyicha talaba yoshlarga isteʼmolchilarning huquqlari boʻyicha tushuntirishlar berib oʻtdi.

Shu bilan birga “Iste’molchi huquqi” va “Moliyaviy savodxonlik” doirasida mahsulot sotib olishda nimalarga etibor qaratish kerakligi, bank plastik kartalarni pin-kodlarini himoyalash, xarid qilishda bank kartasidan foydalanish bo’yicha huquqiy bilim va tavsiyalar berildi.