3D modellashtirish” tanlovida qatnashing!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan “Muhandislik oyligi” doirasida yosh muhandislarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli musobaqalar va tanlovlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, 15–16-aprel kunlari Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “3D modellashtirish” yo‘nalishida tanlov bo‘lib o‘tadi. Unda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, sohaga qiziquvchi barcha yoshlar qatnashishi mumkin.


Eslatib o‘tamiz, rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘tmaganlarga ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.

Ro‘yxatdan o‘tish 

 Manzil: Toshkent arxitektura-qurilish instituti 
 Sana: 15–16-aprel
 Soat: 9:00