Amaliyot – bilimni ishlab chiqarishda sinovdan o‘tkazish makoni!
Bosh sahifa Amaliyot – bilimni ishlab chiqarishda sinovdan o‘tkazish makoni!
Amaliyot – bilimni ishlab chiqarishda sinovdan o‘tkazish makoni!
Buxoro davlat texnika universitetining “Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Jasur Safarov va Alisher Temirov rahbarligida 202 va 206-22 NGT guruh talabalari Buxoro neftni qayta ishlash zavodida malakaviy amaliyot olib bormoqdalar.
Ushbu amaliyot jarayoni talabalar uchun nazariy bilimlarni real ishlab chiqarish muhiti bilan uyg‘unlashtirish, texnologik jarayonlarni bevosita o‘rganish va kelajakda malakali mutaxassis bo‘lish yo‘lida muhim qadamlardan biridir.
Kafedra rahbarlari tomonidan amaliyotning samaradorligi, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilinishi va har bir talabaga individual yondashuv ta’minlanmoqda.