“Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusidagi Birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumi o‘tkazildi
Bosh sahifa “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusidagi Birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumi o‘tkazildi
“Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusidagi Birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumi o‘tkazildi.
Forum doirasida 50 dan ortiq hamkorlik hujjatlari imzolandi
O‘zbekiston-Malayziya birinchi ta’lim forumi doirasida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 50 dan ortiq shartnoma va memorandumlar imzolanib, ta’lim va ilm-fan sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Jumladan, qator universitetlar hamkorligida tadqiqot markazlari va akademik dasturlar tashkil etilishi rejalashtirildi.
Tadbir ishtirokchilari Forum ikki davlatning ta’lim va ilm-fan sohalaridagi hamkorligini yanada rivojlantirib, barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishishda muhim platformaga aylanishiga ishonch bildirdilar.
O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumi doirasida Malayziya Perlis universiteti, Sultan Idris pedagogika universiteti hamda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda Memorandum imzolandi:
Malayziya Perlis universiteti va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamkorligida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha “yashil iqtisodiyot” va “inklyuziv ta’lim” mezonlariga asoslangan holda qoʼshma taʼlim dasturini yo‘lga qo‘yish;
🔹Buxoro muhandislik-texnologiya institutida hamkorlikda “Yashil qurilish materiallari" ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish;
🔹Magistratura va undan keyingi (PhD) bosqichdagi izlanuvchilarga ikkala tа’lim tashkilotidan rahbar tayinlash;
🔹Akademik mobillik va professor-oʼqituvchilarning stajirovkalarini tashkil qilish;
🔹Ilmiy jurnallar tahririyati a’zoligiga har ikkala tomondan yetakchi professor-o‘qituvchilarni kiritish;
🔹Perlis universiteti orqali Cradle Fund, MaGIC (Malaysian Global Innovation & Creativity Centre), Tamarai Ventures kabi investitsion kompaniyalari bilan xorijiy investitsiyalarni start-ap loyihalarga jalb qilish kelishuvlarini amalga oshirish;
Sultan Idris pedagogika universiteti bilan “Yashil universitetlar, yashil iqtisodiyot, aqlli shaharlar va innovatsiyalar” loyihasi bo‘yicha hamkorlik qilish.