Oliygohimizda 8 – mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. 
  
  Bayram marosimida institut jamoasi xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab, ayol zotiga – mehribon onalarimiz, qadrli opa-singillarimiz, lobar qizlarimiz shaʼniga eng go‘zal so‘zlarni aytishdi.

  Sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan opa-singillarimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ko‘ngillarga xushnudlik bag‘ishladi.

 Xodimalar va talaba-qizlar taklif etilgan mazkur bayram tadbirida bir guruh faol xotin-qizlar esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.