BDTU xalqaro konferensiyada ekologiya va ta’lim sohasida faxriy professorlarni taqdirladi
Bosh sahifa BDTU xalqaro konferensiyada ekologiya va ta’lim sohasida faxriy professorlarni taqdirladi
Buxoro davlat texnika universitetida “Eko-raqamli kelajak: yashil innovatsiyalar, barqaror ta’lim, iqtisodiyot va turizm sinergiyasi” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida dastlab universitet rektori Sadoqat Siddiqovaning kirish so‘zlari tinglandi.
Shundan so‘ng konferensiya ishtirokchilari quyidagi nufuzli ma’ruzachilarning chiqishlarini eshitdilar:
Abdushukur Hamzayev — O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi
Che Zalina Zulkifli — BDTU Yashil Universitet transformatsiyasi bo‘yicha maslahatchi
Dato Mohammad Shatar Sabran — Malayziya malaka agentligi – MQA bosh ijrochi direktori
Konferensiya yakunida ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissalari uchun Che Zalina Zulkifli hamda Dato Mohammad Shatar Sabranga Buxoro davlat texnika universitetining Faxriy professori unvoni tantanali ravishda topshirildi.
Bu unvon ular tomonidan ta’lim, ilm-fan, ekologik innovatsiyalar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari e’tirofi sifatida berildi.
Ushbu e’tirof global hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy integratsiyani kuchaytirish hamda BDTUning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.