BDTUda “Dolzarb 90 kun” doirasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
Bosh sahifa BDTUda “Dolzarb 90 kun” doirasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
Buxoro davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” doirasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi Aziz Rizayev Buxoro davlat texnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u oliygohda o‘tkazilayotgan ijodiy imtihonlar hamda “Dolzarb 90 kun” doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Maslahatchi tomonidan universitetda olib borilayotgan ijtimoiy-ma’naviy, ilmiy va sport yo‘nalishlaridagi faoliyatga e'tibor qaratildi. Bugungi kunda universitetda yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan 50 ga yaqin fan va sport to‘garaklari faoliyat olib bormoqda. Ushbu to‘garaklar orqali talabalar qamrovi kengayib bormoqda.
Shuningdek, tashrif yakunida Aziz Rizayev viloyatdagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari rahbar bilan uchrashuv o‘tkazib, ta’til vaqtida talabalar vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qildi.