BDTUda ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar!
Bosh sahifa BDTUda ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar!
BDTUda ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar!
Buxoro davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari, olimlari, tadqiqotchilari hamda doktorantlari uchun xalqaro ilmiy resurslardan foydalanish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, “Springer Nature” xalqaro nashriyot uyi va “Clarivate” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilib, O‘zbekistondagi tashkilotlar uchun reytingli ilmiy resurslardan foydalanish hamda xalqaro ma’lumotlar bazalariga milliy obuna tizimi haqida muhim ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbir ilmiy faoliyatni rivojlantirish, global ilmiy platformalarda ishtirokni kuchaytirish va innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.