“BDTUda Kasaba uyushmalari 120-yilligiga bag‘ishlangan tanlov va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi”
Bosh sahifa “BDTUda Kasaba uyushmalari 120-yilligiga bag‘ishlangan tanlov va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi”
O‘zbekiston kasaba uyushmalari tashkil topganining 120-yilligi munosabati bilan Buxoro davlat texnika universitetida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari 120-yilligi munosabati bilan Buxoro davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari o‘rtasida turli yo‘nalishlarda — zakovat, insho tanlovi, videoroliklar tanlovi, shuningdek sportning voleybol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Mazkur tanlov va musobaqalarda har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar universitet Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.