Bitiruvchilar malakasi – amaliy sinovda
Bosh sahifa Bitiruvchilar malakasi – amaliy sinovda
Bitiruvchilar malakasi – amaliy sinovda
2025/2026 o‘quv yili bitiruvchilari uchun Buxoro davlat texnika universitetida navbatdagi muhim tadbir tashkil etildi.
Tadbir universitet Registrator ofisi, "Texnologik mashina va jihozlar" kafedrasi hamda "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ hamkorligida o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida talabalar bilan kasbiy suhbatlar va test sinovlari tashkil etildi. Ishtirokchilar test jarayonida yuqori natijalar ko‘rsatib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliy jihatdan namoyon etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi – bitiruvchi talabalarni ishlab chiqarish jarayonlariga tayyorlash va malakali mutaxassislarni tanlab olishdan iborat bo‘ldi.