Buxoro davlat texnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (BIMT), O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari, shuningdek Xalqaro tovar belgilari uyushmasi (INTA) hamda Turkiya Patent va Tovar Belgilari Idorasi (TÜRKPATENT) hamkorligida “100 ta yangi brend” loyihasi bo'lib o'tdi.
Mazkur loyiha hududiy brendlarni rivojlantirish, kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda mahalliy mahsulotlarning eksport salohiyatini kengaytirishga qaratildi.
