Buxoro davlat texnika universitetida “Naqshbandiyaning ta’lim va axloqiy tarbiyadagi o‘rni” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Bosh sahifa Buxoro davlat texnika universitetida “Naqshbandiyaning ta’lim va axloqiy tarbiyadagi o‘rni” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Buxoro davlat texnika universitetida “Naqshbandiyaning ta’lim va axloqiy tarbiyadagi o‘rni” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Dastlab konferensiyani Buxoro viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari Azizbek Qalandarov kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Konferensiyada Bangladesh, Indoneziya, Malayziya, Hindiston, Rossiya, Misr, Xitoy, Angliya va O‘zbekiston kabi 10 ga yaqin mamlakat olim va tadqiqotchilari ishtirok etib, buyuk mutafakkir Bahouddin Naqshbandiy merosining ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni, uning ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishdagi ahamiyati yuzasidan qimmatli ilmiy mulohazalar bildirishdi.
Tadbir Buxoro zaminidan butun dunyoga yoyilgan naqshbandiylik ta’limotining ilmiy va ma’naviy jihatlarini chuqur o‘rganishda muhim qadam bo‘ldi.