Buxoro davlat texnika universitetida Yangi yil bayrami ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi
Bosh sahifa Buxoro davlat texnika universitetida Yangi yil bayrami ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi
29-30-dekabr kunlari Buxoro davlat texnika universitetida professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda ularning farzandlari uchun “Yangi yil” bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi.
Tadbirni universitet rektori Sadoqat Siddiqova kirish so‘zi bilan ochib berib, barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabrikladi hamda jamoaga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va yangi yilda ulkan yutuqlar tiladi.
Bayram dasturi davomida shou chiqishlar, qiziqarli sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va ijodiy chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat va unutilmas lahzalar ulashdi.
Shuningdek, joriy yil davomida samarali va fidokorona mehnat qilgan xodimlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi, bu esa ularning mehnatini e’tirof etish va rag‘batlantirishga xizmat qildi.