Buxoro muhandislik texnologiya instituti vakillari uslubiy qo‘llanma taqdimotida ishtirok etdi.

Toshkent shahridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ta’lim muassasalarida yoshlar orasida psixofaol moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish mexanizmlari to‘g‘risida” mavzusidagi uslubiy qo‘llanmaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PF-73-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash doirasida tashkil etildi.  

 Mazkur tadbirda Buxoro muhandislik texnologiya instituti vakillari, professor-o‘qituvchilar, "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zolari, psixologlar, tyutorlar Zoom platformasi orqali onlayn tarzda faol ishtirok etdi.  

 Taqdimot davomida ta’lim muassasalarida yoshlar orasida psixofaol moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashishda samarali yondashuvlarni qo‘llash mexanizmlari va bu boradagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.