Buxoro muhandislik-texnologiya institutida navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bo‘lgan murojaatlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlili, institut akademik litseyi bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish darajasining tahlili ko‘rib chiqildi.

 Shuningdek yig‘ilishda taʼlim sifatini nazorat qilish boʼlimi tomonidan institutda taʼlim sifatini oshirish bo‘yicha 2024-yilning uchinchi choragida amalga oshirilgan ishlar tahlili, Ilmiy va innovatsiyalar hamda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektorlarning hisobotlari tinglandi.