Buxoro muhandislik-texnologiya institutida navbatdagi kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Bosh sahifa Buxoro muhandislik-texnologiya institutida navbatdagi kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Buxoro muhandislik-texnologiya institutida navbatdagi kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” Davlat dasturining ijrosini ta'minlash borasida institutda amalga oshirilgan ishlar, institutning ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi asosida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 20-iyun kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan “Muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash va oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi videoselektor yigʻilishining 32 - sonli bayoni ijrosi boʻyicha institutda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek yigʻilishda professor, dotsent, falsafa doktori ilmiy unvonini olgan izlanuvchilarning diplomlari tantanali ravishda topshirildi.