Tashrif davomida ular zavodning asosiy bo‘limlariga sayohat qilib, neftni qayta ishlash, distillyatsiya hamda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining amaliy ishlashini kuzatdilar. Mutaxassislar tomonidan texnologik jarayonlar, zamonaviy uskunalar va xavfsizlik talablariga oid muhim ma’lumotlar berildi.

Mazkur stajirovka o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitib, ta’lim jarayoniga ilg‘or sanoat tajribalarini joriy etish uchun mustahkam zamin yaratdi.