Buxoro viloyatida yil yakuni bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo‘shganlar taqdirlandi
Bosh sahifa Buxoro viloyatida yil yakuni bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo‘shganlar taqdirlandi
Sarhisob: Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda davlat dasturlari ijrosini ta’minlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh rahbar va xodimlar taqdirlandi. E’tiborlisi shundaki, taqdirlanganlar orasida Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova ham e’tirof etildi.
Ta’kidlandiki, universitet tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar, ta’lim va ilm-fan sohasidagi izchil islohotlar, innovatsion loyihalar hamda samarali tashabbuslar hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga, malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga va aholi farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Yil sarhisobiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘tayotgan yil mamlakatimiz, jumladan, Buxoro viloyati va buxoroliklar uchun ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, muhim yutuqlar, ezgu orzu-umidlar va barakali natijalarga boy yil bo‘ldi.