Buxoroda Yangi yil paradi o‘tkazildi
Bosh sahifa Buxoroda Yangi yil paradi o‘tkazildi
Buxoroda Yangi yil paradi o‘tkazildi.
Buxoro shahrida Yangi yil munosabati bilan bayramona parad tashkil etildi. Tadbirda Qorbobo, Qorqiz hamda Yangi yil ertaklari qahramonlari obrazidagi yoshlar va ko‘ngillilar ishtirok etdi.
Ushbu paradda Buxoro davlat texnika universiteti talabalari ham faol ishtirok etdi.
Bayramona muhit, rangli chiroqlar va musiqiy chiqishlar shahar aholisi hamda mehmonlarga Yangi yil kayfiyatini ulashdi.