“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida texnologik mashina va jihozlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar ishtirokida “yosh-muhandis” nomli to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulot yosh mutaxassislarning texnik ko‘nikmalarini rivojlantirish, amaliy bilimlarini mustahkamlash hamda ularni zamonaviy muhandislik yo‘nalishlariga yanada qiziqtirish maqsadida o‘tkazildi.
Ushbu to‘garak doirasida talabalar zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, tikuvchilik mashinalarining tuzilishi va ishlash tamoyillari, mashinasozlik texnologiyasi bo‘yicha mashina va mexanizmlarning yaratilish jarayonlari bilan tanishib, nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan boyitdilar.