Mazkur forumda Buxoro davlat texnika universiteti bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamladi.  

  Jumladan quyidagi oliy ta’lim muassasalari bilan ham hamkorlik memorandumlari imzolandi:
🔹 Akademik M.S. Osimi nomidagi Tojikiston davlat texnika universitetining Xo‘jand shahridagi Politexnika instituti
🔹Tojikiston davlat politexnika instituti (akademik M.S. Osimi nomidagi)
🔹 Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti
🔹 Mazkur universitet huzuridagi “Respublika turizm va xizmat sohasi xodimlari malakasini oshirish markazi”
🔹 Universitet tarkibidagi Levakant xalqaro instituti
🔹 Universitet tarkibidagi Dangara xalqaro instituti
🔹 Abduabdulloh Rudakiy nomidagi Kulob davlat universiteti
🔹 Tojikiston Innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar universiteti

Mazkur memorandumlar ikki tomonlama akademik hamkorlikni rivojlantirish, oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion faoliyat sohasida aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Memorandum doirasida:
➖talabalar, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvi;
➖ qo‘shma ta’lim va ilmiy dasturlarni tashkil etish;
➖ ilmiy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar o‘tkazish;
➖ qo‘shma ilmiy maqolalar tayyorlash hamda xalqaro ilmiy loyihalarda hamkorlik qilish kabi yo‘nalishlar nazarda tutilgan.

Ushbu kelishuvlar ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.