YUNESKO tashkiloti tomonidan “Taʼlimda axborot texnologiyalaridan foydalanish” nomli YUNESKO/Hamad bin Isa Al-Xalifa mukofotining 2025-yil uchun tanlovi eʼlon qilindi.
Tanlov mavzusi “Oʻquvchilar va oʻqituvchilarni sunʼiy intellektdan axloqiy va masʼuliyatli foydalanishga tayyorlash”ga qaratilgan.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi veb-sahifa orqali shaxsiy kabinet ochishi va roʻyxatdan oʻtishi lozim:
https://www.unesco.org/en/prizes/icteducation.
Dunyo miqyosida 2ta innovatsion loyiha tanlab olinib, 25,000 AQSH dollari miqdoriga teng mablag‘ bilan taqdirlanadi.
Talabgorlarning hujjatlari joriy yilning 24-mart kuniga qadar qabul qilinadi.
Batafsil maʼlumotlar uchun:
+998 97 081 56 65 Nodir Mastonov
+998 93 136 14 14 Sohib Sadirov