E’LON!
Buxoro davlat texnika universiteti YANGI LOGOTIPI uchun TANLOV E’LON QILADI!
Buxoro davlat texnika universiteti o‘zining ilmiy-texnik salohiyatini, tarixiy qadriyatlari va zamonaviy rivojlanish yo‘nalishlarini mujassam etgan yangi logotip yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Tanlovning asosiy maqsadi:
Universitetning o‘ziga xosligini, innovatsion g‘oyalarni, texnik yo‘nalishdagi faoliyatini va Buxoro shahrining boy madaniy merosini aks ettiruvchi zamonaviy, original va esda qolarli logotip yaratish.
Tanlov shartlari:
Tanlovda barcha istagan fuqarolar, dizaynerlar, talabalar va ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.
Har bir ishtirokchi 1 tadan 3 tagacha logotip variantini taqdim etishi mumkin.
Logotip vektor formatda (JPG, SVG yoki PNG) taqdim etilishi zarur.
Logotip bilan birga qisqacha tushuntirish matni (50–150 so‘z) ilova qilinadi:
“Logotipda qanday g‘oya ifodalangan? Nima uchun aynan shu elementlar tanlangan?”
Muhim sanalar:
Ishlarni topshirish muddati: 2025-yil 10-apreldan 2025-yil 10-maygacha
Tanlov g'olibi pul mukofoti bilan rag'batlantiriladi
Tanlov g‘olibining logotipi Buxoro davlat texnika universitetining rasmiy belgisi sifatida qabul qilinadi va barcha rasmiy materiallarda qo‘llaniladi.
Ishlarni yuborish manzili:
https://t.me/Malika_SHukrulloyeva
(Mavzu qatorida: “Logotip tanlovi – Ism Familiya” deb yozish lozim)
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Telefon: +998 904125622
Veb-sayt: www.bstu.uz