📣 Buxoro davlat texnika universiteti talabalari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5148-son qarori (https://lex.uz/docs/-5459047) hamda Sport vazirligining 2026-yil 30-apreldagi 03-18/4485-sonli xatiga muvofiq, talaba-yoshlar o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

☑️ Sinovlarning asosiy maqsadi:
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, uni keng ommaga yoyish, yoshlarning jismoniy salohiyatini aniqlash va rag‘batlantirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdan iborat.

♻️ Sinovlar tarkibi:
Sport sinovlari pog‘ona va murakkablik darajasiga qarab 15 turdagi mashqlarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, uzoq va qisqa masofalarga yugurish, suzish, turnikda tortilish, anjomlarni uloqtirish va boshqa jismoniy mashqlar

👥 Ishtirokchilar 11 ta yosh toifasi bo‘yicha baholanib, natijalarga ko‘ra sport razryadlari va unvonlari beriladi hamda faol ishtirokchilar moddiy va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantiriladi.

📆 O‘tkazilish muddati:
2026-yil 5-maydan 20-maygacha

✍️ Barcha talabalarni ushbu sport sinovlarida faol ishtirok etishga chorlaymiz! Sog‘lom hayot sari birga qadam qo‘yaylik!