“Eko-raqamli kelajak” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
Bosh sahifa “Eko-raqamli kelajak” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
Buxoro davlat texnika universitetida “Eko-raqamli kelajak: yashil innovatsiyalar, barqaror ta’lim, iqtisodiyot va turizm sinergiyasi” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya moderatorligi BDTUning barqarorlik va yashil energiya loyihalari bo‘yicha maslahatchisi George Kekelidze tomonidan olib borildi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi — talabalar, tadqiqotchilar, tadbirkorlar va mutaxassislarni birlashtirib, barqaror kelajak uchun ekologik va raqamli yechimlarni integratsiya qilish bo‘yicha bilim, tajriba va innovatsion g‘oyalar almashishdir.