“Eng iqtidorli va tashabbuskor talaba qiz” ko‘rik tanlovi
Bosh sahifa “Eng iqtidorli va tashabbuskor talaba qiz” ko‘rik tanlovi
Buxoro davlat texnika universiteti talaba-qizlar o‘rtasida “Eng iqtidorli va tashabbuskor talaba qiz” nomli ko‘rik tanlov e’lon qilinadi.
Tanlov mamlakatimizda amalga oshiralayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, talaba-qizlar orasida iqtidor va qobiliyatlari, qiziqishlarini ro‘yobga chiqarishga hamda liderlik sifatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Tanlov quyidagi 4 ta shart asosida o‘tkaziladi:
1-shart. Jamoat oldida chiqish (nutq so‘zlash);
2-shart. Ilmiy maqola yoki esse yozish;
3-shart. Ilmiy loyiha taqdimoti (himoya);
4-shart. Zamonaviy talaba qiz brendini yaratish (sharf misolida).
Ko‘rik-tanlov g‘olib qizlari quyidagi faxrli o‘rinlar bo‘yicha baholanib, institut tomonidan diplom hamda pul mablag‘lari bilan taqdirlanadi.
1-o‘rin. 1 500 000 so‘m;
2-o‘rin. 1 000 000 so‘m;
3-o‘rin. 500 000 so‘m.
Manzil: 1-bino, 202-xona
27-fevral | Soat: 10:00
Murojaat uchun: Bahriniso To‘raqulova +998883050582