Hamkorlik – yangi imkoniyatlar eshigi
Bosh sahifa Hamkorlik – yangi imkoniyatlar eshigi
Hamkorlik – yangi imkoniyatlar eshigi
“Petrochem” qo‘shma korxonasi direktori Muxriddin Oripov, direktor o‘rinbosarlari To‘lqin Xudoyqulov va A’zam Xayrullayev, “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi rahbari Farhod Umarov hamda Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova o‘rtasida muhim muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv doirasida:
Bitiruvchi yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash;
Oliy ta’lim muassasalari olimlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish;
Kimyo sanoati uchun zarur bo‘lgan kimyoviy reagentlarni mahalliylashtirish yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Ushbu tashabbuslar zamonaviy ilm-fan va sanoat integratsiyasini mustahkamlab, bitiruvchilarga real ish o‘rinlari yaratish, ilmiy salohiyatni sanoatga tatbiq etish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini beradi.