Hurmatli ustozlar va murabbiylar!

  Sizlarni chin dildan 1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan tabriklayman!

  Sizning fidoyiligingiz va ta’lim-tarbiya yo‘lidagi mehnatingiz jamiyatimiz uchun katta ahamiyatga ega. Sizlar ta’lim-fan taraqqiyotining asosi, yosh avlodning shakllanishi yo‘lida yorqin namunasizlar.

 Barcha ustozlarimizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va kasbiy yutuqlar tilayman. Har biringizning mehnatingiz biz uchun qadrlidir.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat va ehtirom bilan,
Sadoqat Siddiqova
Buxoro davlat texnika universiteti rektori