Buxoro davlat texnika universitetida “Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi” haftaligi doirasidagi “Muhandis ayollar-2025” mavzusidagi  forum bo‘lib o‘tdi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari, Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputati Dilorom Muhamadiyeva ishtirok etdi.

 

Dastlab dotsent Nasiba Bahriddinova so‘zga chiqib, tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi:

Hurmatli ishtirokchilar,

Bugun biz juda muhim va ahamiyatli bir tadbirda to‘planmoqdamiz. Ushbu tadbirning maqsadi ayollarning ilm-fan sohasidagi o‘rni, jamiyatdagi roli hamda ularning bilim va ma'lumotlarga asoslangan yuksalishini ta'kidlashdir.
Ayolning ilm-fan sohasida yuksalishi, faqat uning o‘zini rivojlantirishiga yordam bermasdan, butun jamiyatning taraqqiyotiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ilmli ayollar har doim jamiyatning oldinga siljishida, yangi g‘oyalar va yondashuvlarni ilgari surishda muhim rol o‘ynaydi.

 

“Ilmli ayollar-jamiyat ko‘zgusi” haftaligi doirasidagi “Muhandis ayollar-2025” mavzusidagi forum davomida olima ayollarimizdan Malohat Jo‘rayeva, Zebo To‘xtayeva, Xabiba To‘xtayeva, Moxira Po‘lotova, Gulandom Yunusova, Shaxnoz Samiyeva va Sitora Asadova so‘zga chiqib, ayollarning ilm-fan sohasidagi yutuqlari, ularning jamiyatdagi o‘rni, kelajakdagi imkoniyatlari haqida so‘z yuritdilar.