Buxoro davlat texnika universitetida Inklyuziv ta’lim markazidagi yoshlar uchun musiqaterapiya mashg‘uloti bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirni Buxoro davlat pedagogika instituti Musiqa ta’limi fakulteti magistrlari olib bordilar. Musiqaterapiya davomida ishtirokchilarga kuy-qo‘shiqlar orqali ijobiy kayfiyat ulashilib, ularning ruhiy holatini yaxshilash hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yoshlarning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

Musiqaterapiya jarayoni ishtirokchilarda ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otib, samimiy va iliq muhitda o‘tdi.