“Institut malikasi-2025” tanlovi
Bosh sahifa “Institut malikasi-2025” tanlovi
“Institut malikasi-2025” tanlovi tafsilotlari
Oliygohda “Institut malikasi-2025” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda har bir fakultetlardan "Fakultet malikasi" tanlovida g'oliblikni qo'lga kiritgan qizlar quyidagi 4 ta shart asosida o‘zaro bellashishdi.
1 - shart. "Tanishtiruv"
2 - shart. "Sport bilan hamnafasmiz"
3 - shart. "Savol-javob"
4 - shart. "Gender tenglik" yoki "Biz zo’ravonlikka qarshimiz" mavzusida sahna ko'rinishi sharti.
Yakuniy natijalarga ko’ra, “Institut malikasi-2025” tanlovida faxrli 1-o‘rinni kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari fakulteti talabasi Aziza Hasanova egalladi.
Oliygoh jamoasi nomidan Aziza Hasanovani g'oliblik bilan tabriklab, faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz!