“Kelajak muhandislari” xalqaro festivalini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Radjabov kirish so‘zi bilan tantanali ochib berdi.
Bugun innovatsiya, ilm-fan va texnologiyalar markaziga aylangan ushbu nufuzli festival doirasida 30 ga yaqin musobaqa va tanlovlar tashkil etilib, 14 ming nafardan ortiq ishtirokchilar bir maydonda jam bo‘ldi. Festival doirasida nufuzli xorijiy mehmonlar ham ishtirok etib, o‘z nutqlari bilan tadbir mazmunini yanada boyitdi.
Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova boshchiligida universitet jamoasi hamda talabalari “Kelajak muhandislari” festivalida faol ishtirok etmoqda. Festival doirasida talabalar o‘z innovatsion loyihalari, texnologik ishlanmalari va muhandislik g‘oyalarini namoyish etib, amaliy tajriba almashmoqda.
