Kelajakka qadam
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-son qaroriga muvofiq oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini bandligini taʼminlash boʻyicha “Kelajakka qadam” dasturini amalga oshirish boʻyicha vazifalar berilgan edi.
“Kelajakka qadam” dasturi mazmun mohiyatini bitiruvchi kurs talabalariga targʻibotini olib borish maqsadida bank xodimlari va bitiruvchi talabalar o’rtasida seminar tashkil etilib, yoshlarga “Kelajakka qadam” dasturini mazmun mohiyati tushintirildi.
Uchrashuvda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savol va takliflarini aytib,oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.