“Varnet” botanika bogʻida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari” mavzusida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.    

 Seminarda vazirliklar, respublika tashkilotlari mutasaddilari, viloyat, tuman, va shahar sektorlari rahbarlari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari hamda oliy ta'lim muassasalari ishtirok etishdi.

 Shuningdek, seminar ishtirokchilari Buxoro davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan  ixtirolar, ilmiy va innovatsion ishlanmalar hamda loyihalar taqdimoti bilan yaqindan tanishdi.