Milliy gvardiya Buxoro viloyati boshqarmasida “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi” shiori ostida talaba-yoshlar uchun mazmunli tadbir tashkil etildi.

 Tadbirda Buxoro davlat texnika universiteti talabalari ham ishtirok etishdi.  

 Tadbir doirasida talabalarga harbiy qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, qo‘l jangi chiqishlari, kamondan otish bo‘yicha mahorat darsi, jangovar ko‘rgazmali mashg‘ulotlar namoyish etildi.