Matbuot anjumani va bayramona e’tirof

Buxoro davlat texnika universitetida 27-iyun – Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan turli OAV vakillari ishtirok etdilar.

  Tadbirda universitet rektori Sadoqat Siddiqova so‘zga chiqib, oliygoh faoliyati, erishilayotgan yutuqlar va dolzarb yangiliklar haqida ma’lumot berdi.

  Ochiq muloqot tarzida o‘tgan anjuman samimiy va konstruktiv ruhda kechdi.

Tadbir yakunida OAV vakillari bayram munosabati bilan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

  Axborot maydonidagi samarali hamkorlik uchun barcha OAV xodimlariga chuqur minnatdorchilik bildiramiz!