Neft-gaz texnologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari navbatdagi "Milliy liboslar kuni" da faol bo‘ldilar.

Talaba yoshlarga milliy libos faqat tashqi ko‘rinishga ko‘rk emas, balki milliy iftixor, milliy g‘urur, milliy madaniyatimizning negizi ekanligi ta’kidlab o‘tildi.  Ajdodlarimizdan qolgan bunday madaniy merosni asrab avaylash va kelgusi avlodga boricha yetkazish har birimizning burchimiz ekanligi haqida tushunchalar berildi.