Buxoro davlat texnika universitetida “Milliy liboslar ko‘rgazmasi” tashkil etildi.

 Ushbu ko‘rgazma orqali milliy liboslarning rang-barangligi, ularning tarixiy va madaniy ahamiyati, shuningdek, zamonaviy dizaynlarga bo‘lgan ta’siri haqida jamoatchilikka keng tushuncha berish maqsad qilingan.

 Ko‘rgazma nafaqat o‘zbek xalqining an’analari va san’atini yoritib beradi, balki yosh avlodni o‘z madaniyati bilan tanishtirish, ularni milliy iftixor va ma’naviyatga chuqur hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.