Buxoro davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan “Milliylik – milliy g‘urur timsoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

  Tadbirda milliy liboslarimizning tarixi, ularning zamonaviy dizayndagi aks etishi, madaniyatimiz va milliy o‘zligimizdagi o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi.

 Talabalar, professor-o‘qituvchilar va mehmonlar o‘z milliy kiyimlarida ishtirok etib, o‘zbekona an’analarni ulug‘lash va targ‘ib qilishda faol bo‘lishdi.

 Milliylik – bu nafaqat tashqi ko‘rinish, balki yurakdagi iftixor, qadriyat va merosga sadoqatdir!