Muhandislik oliy ta’limi transformatsiyasi jarayonida ta’lim sifatini oshirishda dual ta’limning istiqbollari
Bosh sahifa Muhandislik oliy ta’limi transformatsiyasi jarayonida ta’lim sifatini oshirishda dual ta’limning istiqbollari
Buxoro davlat texnika universitetida “Muhandislik oliy ta’limi transformatsiyasi jarayonida ta’lim sifatini oshirishda dual ta’limning istiqbollari” mavzusida I-an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim sifatini oshirish yo‘nalishida dual ta’lim tizimining rolini aniqlash, uning imkoniyatlari, istiqbollari va amaliyotdagi qo‘llanilish mexanizmlarini muhokama qilish, shuningdek, ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish orqali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan yangi yondashuvlarni ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.