23-aprel kuni Buxoro davlat texnika universitetida "Muhandislik oyligi" doirasida "Kelajak muhandislari festivali" bo‘lib o‘tadi!
Festivalda Buxoro davlat texnika universiteti talabalari bilan bir qatorda, universitet tashabbusi bilan Buxoro viloyatidagi umumta’lim maktab o‘quvchilari, texnikum va kollej yoshlari, mahalla yoshlari hamda imkoniyati cheklangan yoshlar uchun 30 ga yaqin yo‘nalishlarda tanlov va musobaqalar tashkil etiladi.
Sizni quyidagi tanlov yo‘nalishlari kutmoqda:
Robototexnika, aviatsiya, agrotexnologiya, mashinasozlik, yashil energetika, chip dizayn, arxitektura, tibbiy muhandislik, AI Health Hackathon, dronlar, raketa modellashtirish, Robo Sumo, Robo Football, Line Following, 3D modellashtirish, Urban Challenge va muhandislik estafetasi.
Inklyuziv yoshlar o'rtasida esa rassomchilik, dizayn, moda, hunarmandchilik hamda foto-video yo‘nalishlari bo’yicha tanlovlar bo’lib o’tadi!
🎯 Ishtirok etish shartlari oddiy:
Yakka tartibda yoki 2–5 kishilik jamoa bilan qatnashing!
Ishtirok etishni istaganlar 17-aprelga qadar @BDTU_KM_festivali Telegram orqali ma’lumotlaringiz (FIO, telefon raqam, qaysi yo'nalish) va texnik namunangiz rasmini yuborib ro’yxatdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi.
🏆 Eng yaxshi 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar universitet tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!
📍 Manzilimiz: Buxoro shahri, Q. Murtazoyev ko‘chasi, 15-uy.
🚀 Unutmang! Kelajakni tomosha qiladigan emas... uni yarata oladiganlar safida bo‘ling!
Murojaat uchun: @BDTU_KM_festivali, @Zarina_Ruzimuratova.
